Jahon

Bangkokni suv bosdi: favqulodda holat eʼlon qilindi

Maktablar va davlat binolari vaqtinchalik boshpanalarga aylantirilmoqda

Bangkokni suv bosdi: favqulodda holat eʼlon qilindi



Tailand poytaxti Bangkokda tinimsiz yog‘ingarchilik sabab kuchli suv toshqinlari yuzaga kelishi ortidan shaharning barcha 50 ta tumanida favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda AFP xabar berdi.

Bangkok gubernatori Chadchart Sittipuntning maʼlum qilishicha, 24-sentyabrdan beri poytaxtda qariyb 300 millimetr yomg‘ir yoqqan. Kuchli yog‘ingarchilik asosiy kanallarning shahardagi suvni chiqarib yuborish imkoniyatidan tezroq to‘lib ketishiga sabab bo‘lgan.

Shahar maʼmuriyati maʼlumotlariga ko‘ra, suv toshqini qator uylar va yo‘llarni, ayniqsa Latphrao, Pravet va Saensap kanallari yaqinidagi hududlarni qamrab olgan.

Tuman maʼmuriyatlari suv bosmagan davlat idoralari va maktablarda vaqtinchalik boshpanalar tashkil etmoqda. Mahalliy hokimiyat aholini zarurat bo‘lmasa, uylarini tark etmaslikka chaqirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"