Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi
Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

Majburiy ijro byurosi Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan soliq qarzdorligini undirish yuzasidan ijro harakatlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, “A.Ch” fermer xo‘jaligiga nisbatan 25 ta ijro hujjati bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish maqsadida belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borildi.
Natijada fermer xo‘jaligidan 90 mln so‘m — soliq qarzi, 5 mln so‘m — ijro yig‘imi, 4,4 mln so‘m — qo‘shimcha jarima undirilib, jami 99,4 mln so‘m mablag‘ davlat byudjeti hamda undiruvchilar foydasiga yo‘naltirildi.
Qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etish — nafaqat qonun talabiga rioya qilish, balki tadbirkorlik faoliyatini barqaror va qonuniy davom ettirishning muhim shartidir.







