Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi
Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari ish yurituvida bo‘lgan, sud va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini taʼminlash maqsadida reyd tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
Xususan, maxsus moslamalar yordamida shahar va tumanlar ko‘chalarida harakatlanib kelayotgan, qarzdorligi mavjud avtomashinalar aniqlanib, darhol to‘xtatilmoqda hamda belgilangan tartibda maxsus jarima maydonchalariga joylashtirilmoqda.
Xususan, joriy yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida jami 2,6 mlrd so‘mlik 523 ta ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlar nomidagi avtomashinalar jarima maydonchalariga joylashtirilib, 203 mln so‘mlik hujjatlarning ijrosi taʼminlandi.
Ayni paytda bunday tadbirlar respublika bo‘ylab davom etmoqda.







