O'zbekiston

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

 

Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.

 

Prezident ushbu murojaatni ko‘rib, bolaning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirdi hamda unga minnatdorlik maktubini yo‘lladi.

 

Maktubda Muhammedaliga samimiy tilaklar bildirilgan. Jumladan, Prezident bolakayga: “Siz ham katta bo‘lganingizda,bizning tariximizga munosib, xalqimizga foydali inson bo‘lishingizni istayman”, deya tilak bildirgan.

 

Prezidentning maktubi va sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev Prezidentning maktubini o‘qib eshittirdi.

 

Shuningdek, Muhammedaliga alohida Prezident sovg‘asi, uning ota-onasi hamda tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham sovg‘alar topshirilgan.

 

Bundan tashqari, bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"