O'zbekiston

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ul idoralar bilan birgalikda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik takliflarini ishlab chiqdi. Bu haqda agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ma’lum qildi.

 

“Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi!” deya yozdi Shahnoza Mirziyoyeva.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ul idoralar bilan birgalikda bir necha oy davomida qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ustida ish olib bordi. Tayyorlangan takliflar ko‘rib chiqish uchun allaqachon taqdim etilgan.

 

Shuningdek, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik qilmagani uchun, pedagoglarning esa zo‘ravonlik va kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun javobgarligini kuchaytirish, jabrlangan bolalarga tergov va sud jarayonining har bir bosqichida huquqiy yordam va himoya ta’minlanishi taklif etilmoqda.

 

 

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"