O'zbekiston

5 ming dollarlik gashish: tezkor tadbirlarda 4 kishi qo'lga olindi

Farg‘ona va Namanganda 2 kg 643 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

5 ming dollarlik gashish: tezkor tadbirlarda 4 kishi qo'lga olindi

 

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida DXX, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami 2 kg 643 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

 

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbir davomida “Farg‘ona–Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Cobalt” rusumli avtomobil Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruvda Chirchiq shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi avtomobil yukxonasiga yashirilgan 1 kg gashish moddasi aniqlangan.

 

Namangan viloyatining Chust tumanida o‘tkazilgan boshqa tadbirda esa “VAZ-2103” rusumli avtomobil tekshirilgan. Unda Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsga tegishli avtomobil salonidan 995 gramm gashish moddasi topilgan.

 

Shuningdek, Namangan shahrida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yerto‘lasidan 648 gramm gashish moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Tergovga ko‘ra, ushbu fuqaro giyohvandlik vositasini Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan tanishidan 5 ming AQSH dollariga sotib olgan. Mazkur shaxs ham protsessual tartibda ushlangan.

 

Qayd etilishicha, holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Bog‘chadagi fojia: 3 yoshli bola kimyoviy vositani ichib, vafot etdi

Bola shifoxonaga olib borilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

custom img

O‘zbekiston turizmi 2030-yilgacha: 20 million sayyoh va 8 milliard dollar eksport maqsad qilindi

Xivada xalqaro turistik shaharcha, Samarqandda Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi, Ichan-qalʼa esa “aqlli” muzey majmuasiga aylantiriladi.

custom img

Toshkentda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar maʼlum qilindi

1 oktyabrdan jamoat transportida yo‘l haqi 47 foizga oshadi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi: jarohatlanganlar yo‘q

Hodisaga tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida zilzila: silkinishlar 5 ta hududda sezildi

Silkinishlar Olmaliq, Piskent, Ohangaron, Nurafshon va Angren shaharlarida qayd etilgan.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"