O'zbekiston

Andijonda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi: jarohatlanganlar yo‘q

Hodisaga tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Andijonda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi: jarohatlanganlar yo‘q



Andijon tumanida tormoz tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan yuk mashinasi svetoforda to‘xtab turgan 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida fuqarolar jarohatlanmagan.



Viloyat YHXB matbuot xizmatining xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasi 27-sentyabr kuni soat 14:45 larda Andijon tumanidagi “CHYM” MFY hududidan o‘tuvchi A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining 334-kilometrida sodir bo‘lgan.



Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 1976-yilda tug‘ilgan A. M. boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasi “Bog‘ishamol” hududidan “Aeroport” yo‘nalishida harakatlangan. Haydovchi tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab oraliq masofani saqlay olmagan.



Natijada tartibga solingan chorrahadagi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab turgan “Damas”, “Nexia-2”, “Matiz”, “Spark” va “Labo” avtomobillari bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.



YTH oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.



Holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

5 ming dollarlik gashish: tezkor tadbirlarda 4 kishi qo'lga olindi

Farg‘ona va Namanganda 2 kg 643 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

custom img

Toshkentda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar maʼlum qilindi

1 oktyabrdan jamoat transportida yo‘l haqi 47 foizga oshadi.

custom img

Toshkent viloyatida zilzila: silkinishlar 5 ta hududda sezildi

Silkinishlar Olmaliq, Piskent, Ohangaron, Nurafshon va Angren shaharlarida qayd etilgan.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"