Jahon

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi



Hindiston va Nepalda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar so‘nggi uch kun ichida kamida 70 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Nepalda yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan.



Hindistonning eng ko‘p aholiga ega Uttar-Pradesh shtatida 25–27-sentabr kunlari kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Shu davrda shtatda 66,5 millimetr yomg‘ir yoqqan, holbuki odatiy ko‘rsatkich 7,6 millimetrni tashkil etadi.



Shtat rasmiylariga ko‘ra, tabiiy ofatlar oqibatida 56 kishi halok bo‘lgan, 46 kishi jarohatlangan. Mingdan ortiq uy zarar ko‘rgan. Kuchli yomg‘ir Bengal qo‘ltig‘ida shakllangan atmosfera jarayonining quruqlik tomon siljishi ortidan kuchaygan.



Hindistonning sharqidagi Odisha shtatida esa daryolardagi suv sathi ko‘tarilishi sabab pasttekisliklarda yashovchi 70 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Mamlakat Markaziy suv komissiyasi yetti shtatdagi 30 ta daryo kuzatuv stansiyasida vaziyatni og‘ir deb baholagan. Ganga, Gandak, Kosi, Bagmati va Narmada kabi yirik daryolarda suv sathi xavfli chegaradan oshgan.



Qo‘shni Nepalda ham kuchli yomg‘ir ortidan suv toshqinlari va ko‘chkilar yuzaga kelgan. Reuters maʼlumotiga ko‘ra, 24-sentyabrdan buyon tabiiy ofatlar oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan. Rasmiylar mamlakatdagi 77 tumanning 49 tasida ehtimoliy toshqinlar haqida ogohlantirish bergan.



Nepalning ayrim tog‘li hududlarida elektr taʼminoti ham izdan chiqqan. Rahuganga daryosidagi suv toshqini 40 megavatt quvvatga ega gidroelektr stansiyasining ayrim inshootlari va elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

custom img

Dunyo bo‘ylab gumanitar yordam: Yevropa Ittifoqi 710 mln yevro ajratadi

Mablag‘larning bir qismi Afrika, Falastin hududlari, Livan va Ukrainaga yo‘naltiriladi.

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"