Jahon

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi



AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo sulhi 2027-yil 10-yanvargacha uzaytirildi. Bu haqda AQSH Moliya vaziri Skott Bessent Fox News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.



Bessentning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar 10-noyabrda yakunlanishi kerak bo‘lgan «Pusan kelishuvi» muddatini yana ikki oyga uzaytirishga kelishib olgan. Uning taʼkidlashicha, bu vaqt AQSH va Xitoyga iqtisodiy sohadagi imkoniyatlarni baholash va kengroq kelishuv ustida ishlash imkonini beradi.



«Pusan kelishuvi» 2025-yil oktyabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpinning Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi uchrashuvi doirasida erishilgan kelishuvlar asosida shakllangan. U ikki davlat o‘rtasidagi savdo qarama-qarshiligini yumshatish va yangi tarif choralarini joriy etishni vaqtincha to‘xtatishga qaratilgan.



Kelishuv dastlab 2026-yil 10-noyabrgacha amal qilishi kerak edi. Endilikda uning amal qilish muddati 2027-yil 10-yanvargacha uzaytirildi.



Mazkur qaror Xitoy raisi Si Szinpinning AQSHga tashrifi va Donald Tramp bilan muzokaralari fonida qabul qilindi. Tomonlar savdo bilan bir qatorda iqtisodiy munosabatlar va boshqa ikki tomonlama masalalarni ham muhokama qilmoqda.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

custom img

Dunyo bo‘ylab gumanitar yordam: Yevropa Ittifoqi 710 mln yevro ajratadi

Mablag‘larning bir qismi Afrika, Falastin hududlari, Livan va Ukrainaga yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"