O'zbekiston

Qarshida MIB orqali 403 mln aliment undirildi

Qarzdor otalar aliment pullarini sud zalida to‘lashga majbur bo‘lgan.

Qarshida MIB orqali 403 mln aliment undirildi


Sentyabr oyining o‘tgan 22 kuni davomida Byuroning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 57 nafar fuqaroga nisbatan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborildi.



Sud jarayonida 26 nafar fuqaro 403 million so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligini sud zalida to‘liq to‘ladi.



Yana 23 nafar qarzdorga 736 mln so‘m qarzdorligi uchun maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi, 8 nafariga esa muddat berildi.



403 million so‘m. Bu mablag‘ — farzandlarning rizqi, ehtiyoji va haqi. Alimentni sud zaligacha olib borish shart emas. Farzand haqini o‘z vaqtida to‘lash — har bir ota-onaning avvalo qonuniy emas, insoniy masʼuliyatidir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"