“Real Sanjik” ishi: u sud zalidan ozod qilinmagan
Toshkent shahar sudlari tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan Sanjar Karimov sud zalidan ozod qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar sudlari ushbu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda.
Sud jarayoni hali yakuniga yetmagan. Navbatdagi sud majlisi 2026-yil 7-oktabr kuniga belgilangan.








