Jahon

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

 

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 27-sentabr kuni prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqdi. U 25-oktabrda bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldingi parlament saylovida ishtirok etib, bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘lishini ma’lum qilgan.

 

Vuchichning ikkinchi prezidentlik muddati 2027-yil o‘rtalarida yakunlanishi kerak edi. Serbiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, bir shaxs prezident lavozimiga ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas. U 2017-yilda prezident etib saylangan va 2022-yilda ikkinchi muddatga qayta saylangan.

 

Reuters xabariga ko‘ra, Vuchichning iste’fosi 25-oktabrga belgilangan muddatidan oldingi parlament saylovlari arafasida yuz berdi. U hukmron Serbiya Progressiv partiyasi (SNS) yangi hukumatni shakllantirgan taqdirda bosh vazir lavozimiga tayinlanishi mumkin. Uning iste’fosi esa navbatdan tashqari prezidentlik saylovlariga yo‘l ochadi.

 

Sentabr oyining boshida Vuchich parlamentni tarqatib yuborish va 25-oktabrda muddatidan oldingi saylov o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Hukmron SNS esa Vuchichni saylovda “Birlashgan Serbiya” ro‘yxatining yetakchisi sifatida ko‘rsatgan.

 

Prezidentlik lavozimi vaqtincha parlament spikeri Ana Brnabichga o‘tadi.

 

Vuchichning iste’fosi Serbiyada davom etayotgan siyosiy noroziliklar fonida yuz bergan. Mamlakatda 2024-yil noyabrida Novi-Sad shahridagi temiryo‘l vokzali tomining qulab tushishi va 16 kishining halok bo‘lishidan keyin talabalar boshchiligidagi namoyishlar boshlangan. Namoyishchilar hukumatdan korrupsiyaga oid masalalar bo‘yicha javobgarlik va siyosiy o‘zgarishlarni talab qilgan. Vuchich esa namoyishchilar bildirgan ayblovlarni rad etib kelgan.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

custom img

Dunyo bo‘ylab gumanitar yordam: Yevropa Ittifoqi 710 mln yevro ajratadi

Mablag‘larning bir qismi Afrika, Falastin hududlari, Livan va Ukrainaga yo‘naltiriladi.

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"