O'zbekiston

Soxta hujjatlar orqali kredit olish: 5 kishi ushlandi

Ular hujjatlarda o‘zlarini Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism xizmatchilari sifatida ko‘rsatgan.

Soxta hujjatlar orqali kredit olish: 5 kishi ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda mazkur holat fosh etilgan.

 

Aniqlanishicha, 5 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, hech qayerda rasman ishlamagan bo‘lsa-da, go‘yoki Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism xizmatchilari sifatida ko‘rsatilgan soxta mehnat shartnomalari va ish haqi olganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni tayyorlagan.

 

Ular ushbu hujjatlarni tijorat bankining Quva tuman filialiga taqdim etib, soxta ma’lumotlar asosida jami 428,8 mln so‘m kredit mablag‘larini olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Bog‘chadagi fojia: 3 yoshli bola kimyoviy vositani ichib, vafot etdi

Bola shifoxonaga olib borilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

custom img

O‘zbekiston turizmi 2030-yilgacha: 20 million sayyoh va 8 milliard dollar eksport maqsad qilindi

Xivada xalqaro turistik shaharcha, Samarqandda Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi, Ichan-qalʼa esa “aqlli” muzey majmuasiga aylantiriladi.

custom img

5 ming dollarlik gashish: tezkor tadbirlarda 4 kishi qo'lga olindi

Farg‘ona va Namanganda 2 kg 643 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

custom img

Toshkentda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar maʼlum qilindi

1 oktyabrdan jamoat transportida yo‘l haqi 47 foizga oshadi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi: jarohatlanganlar yo‘q

Hodisaga tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida zilzila: silkinishlar 5 ta hududda sezildi

Silkinishlar Olmaliq, Piskent, Ohangaron, Nurafshon va Angren shaharlarida qayd etilgan.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"