Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov
Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob berishi kerakligini aytdi.
Peskov 28-sentyabr kuni jurnalistlar bilan muloqotda Ukrainadagi vaziyat va Kiyevning so‘nggi oylar davomida Rossiya hududiga uyushtirgan hujumlari haqidagi savolga javob berdi.
“Ukraina so‘nggi oylarda sodir bo‘lgan harakatlari uchun javob berishi kerak bo‘ladi. Bu hozir ham sodir bo‘lmoqda. Qurolli kuchlarimiz maxsus harbiy operatsiyani davom ettirmoqda”, — dedi Kreml vakili.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi o‘zlari nishon sifatida belgilagan obyektlarga zarba berishda davom etmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq sentyabr oyidagi parlament saylovlaridan so‘ng Kiyev bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, u Ukrainani Rossiya hududiga yirik hujumlar uyushtirishda ayblagan.
Putin barcha tinchlik takliflari muzokaralar stoli ustida qolayotganini, biroq Moskva o‘z manfaatlaridan kelib chiqib vaziyatni baholashi kerakligini bildirgan.








