O'zbekiston

Xorazmda Autocon reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Reyd IIB YHXB hamda MIB xodimlari hamkorligida olib borilmoqda.

Xorazmda Autocon reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda


MIBning Xorazm viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan maʼmuriy jarimalarni undirish borasida “AutoCon-SC/M-online” reyd tadbirlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.



Joriy yilning 25 sentyabr kuni viloyat IIB YHXB saf maydonida o‘tkazilgan ertalabki yo‘riqnomada Byuroning markaziy apparati masʼul xodimi M.Yuldashev bevosita ishtirok etib, xodimlarning xushyorligi, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishi hamda qonuniylikka qatʼiy rioya qilishlari yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.



Shundan so‘ng, Urganch shahrining gavjum ko‘chalarida Byuroning viloyat boshqarmasi Qidiruv shoʻbasi xodimlari va tuman (shahar) bo‘limi davlat ijrochilari hamda viloyat IIB YHXB inspektorlari hamkorligida qo‘shma reyd tadbirlari davom qildirildi.



O‘tkazilayotgan qo‘shma reyd tadbirlarining o‘ziga xosligi shundaki, zamonaviy maxsus moslamalar, yaʼni planshetlar yordamida haydovchilarning mavjud qarzdorliklari onlayn tarzda darhol aniqlanmoqda. Eʼtiborlisi, bir nafar qarzdorga nisbatan bir nechta ijro hujjati mavjud bo‘lgan holatlarda, ular bo‘yicha “mahallabay” kesimida manzilli undiruv choralari ko‘rilishi taʼminlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"