Jahon

4 davlat, yangi viza cheklovlari: AQSh kimlarga chora ko‘rdi?

AQSh Davlat departamenti yangi viza mexanizmi doimiy xususiyatga ega ekanini, yangi dalillar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

4 davlat, yangi viza cheklovlari: AQSh kimlarga chora ko‘rdi?

 

AQSh Davlat departamenti G‘arbiy yarimsharda demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatlarga korrupsiya yoki narkotik moddalar savdosi orqali putur yetkazishda ayblanayotgan xorijiy fuqarolarga nisbatan yangi viza cheklovlari siyosatini joriy qildi.

 

Yangi mexanizm AQSh Immigratsiya va fuqarolik to‘g‘risidagi qonunining 212(a)(3)(C) bo‘limiga asoslangan. Mazkur norma kirishi yoki AQSh hududidagi faoliyati mamlakat tashqi siyosatiga jiddiy salbiy oqibatlar keltirishi mumkin bo‘lgan xorijiy fuqarolarga nisbatan kirish cheklovlarini qo‘llash imkonini beradi. Siyosat xorijliklarning yaqin oila a’zolariga ham tatbiq etilishi mumkin.

 

AQSh Davlat departamenti yangi mexanizmni doimiy siyosat sifatida ta’riflab, tegishli dalillar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha viza cheklovlari joriy etilishini bildirdi.

 

Dastlabki choralar Boliviya, Kolumbiya, Ekvador va Peru fuqarolariga nisbatan qo‘llandi. Boliviyada 12 nafar fuqaroning amaldagi vizalari bekor qilingan. Ular orasida sobiq adliya vaziri, sudyalar, prokuror, politsiya polkovnigi va tadbirkor ham bor. Yana 9 nafar Boliviya fuqarosi esa hozirgi vaqtda amaldagi vizaga ega bo‘lmagani sababli kelgusida viza olish imkoniyatidan mahrum etilgan.

 

Kolumbiyada tadbirkor Evklides Torres Romero va senator Marta Peralta Epieyuning vizalari bekor qilindi. Ekvadorda ikki fuqaro, Peruda esa Lima shahridagi Konstitutsiyaviy sud sudyasi va ularning yaqin oila a’zolariga nisbatan ham tegishli cheklovlar joriy etildi.

 

Shuningdek, AQSh Boliviya bosh prokurori va uning yaqin oila a’zolarini alohida tartibda viza cheklovlariga kiritdi. Davlat departamenti uni narkotik moddalar savdosiga ko‘maklashish hamda zo‘ravon jinoyatlar sodir etgan shaxslarning jazodan qochishiga yordam berish uchun pora olishda ayblagan.

 

AQSh Davlat departamenti ushbu choralarni korrupsiya va narkosavdoga qarshi kurashish, shuningdek, mintaqadagi demokratik boshqaruv va qonun ustuvorligini himoya qilish siyosatining bir qismi sifatida izohlagan.

 

Vashingtonning ayrim Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolariga nisbatan viza cheklovlari siyosati avval ham qo‘llangan. Masalan, 2025-yilda Kolumbiya rasmiylari va ularning oila a’zolariga nisbatan viza choralaridan foydalanilgan, keyinchalik ayrim boshqa davlatlar vakillariga ham shunday cheklovlar joriy etilgan.

custom img

Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi, qoidani buzganlarda belgilangan limitdan ortiq summa olib qo‘yiladi.

custom img

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"