O'zbekiston

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

 

O‘zbekistonda 2022–2025-yillar davomida 14 yoshga to‘lmagan bolalarni zo‘rlash bo‘yicha 445 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bu haqdagi ma’lumotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Gulrux Agzamova ma’lum qildi.

 

Keltirilgan statistikaga ko‘ra, 2022-yilda 85 ta, 2023-yilda 108 ta, 2024-yilda 129 ta va 2025-yilda 123 ta shunday jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich 2024-yilda qayd etilgan.

 

Deputat parlamentdagi chiqishida masalaning faqat statistik ko‘rsatkichlar bilan cheklanmasligini ta’kidladi.

 

“Bugun biz shunchaki navbatdagi qonun loyihasidan ko‘proq narsani muhokama qilmoqdamiz. Biz farzandlarimiz taqdiri, ularning xavfsizligi, kelajakka ishonchi va eng muhimi, jamiyatimizda bola qadriyati qay darajada ustuvor ekanligi haqida gaplashmoqdamiz”, — dedi Gulrux Agzamova.

 

Uning ta’kidlashicha, ayrim bolalar qo‘rquv, uyat yoki vaziyatni tushunmaslik sabab yordam so‘rashga qiynaladi.

 

“Ba’zilar qo‘rqishadi, ba’zilar uyalishadi, ba’zilar tushunmaydi va ba’zilar hech kim quloq solmasligiga amin. Ba’zan, hatto biz kattalar ham bolaning yordam so‘rab bergan signallarini o‘z vaqtida anglay olmaymiz. Bolaning sukut saqlashi rozilikni anglatmaydi”, — dedi deputat.

 

Agzamova bolaning o‘zini himoya qila olmasligi jamiyat zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshirishini qayd etdi.

 

Shuningdek, u Namangan viloyatida yaqinda yuz bergan voqea bolalarga nisbatan og‘ir jinsiy zo‘ravonlik uchun jinoiy jazolarni kuchaytirish zaruratini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidladi.

 

“Namanganda sodir bo‘lgan dahshatli voqea, menimcha, hech kimni befarq qoldirmadi. Biz, tashabbusni boshlagan deputatlar, bolalarga nisbatan jiddiy jinsiy zo‘ravonlik qilganlar uchun jinoiy jazolarni kuchaytirish zarurligiga yana bir bor aminmiz”, — dedi u.

 

Qonunchilik palatasida ayni yo‘nalishda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Loyiha bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, jabrlanganlarning huquqlarini kafolatlash hamda tegishli huquqiy mexanizmlarni kuchaytirishga qaratilgan.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

custom img

Ustoz va murabbiylar kuni: bir guruh taʼlim fidoyilari mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

custom img

Banklar kredit berishda faqat uy-joy qiymatiga tayanmasligi kerak — Markaziy bank

Banklarga kredit ajratishda garovdagi uy-joy qiymatidan ko‘ra, qarz oluvchining kreditni qaytarish imkoniyatini asosiy mezon sifatida baholash tavsiya etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"