O'zbekiston

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

 

Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan qonun bilan tegishli qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Unga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olish kerak bo'ladi.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni tegishli inspeksiyaning ruxsatisiz qurish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

 

Xususan, bunday harakat ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Shuningdek, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish oqibatida odam o‘lsa yoki boshqa og‘ir oqibatlar yuzaga kelsa, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

 

Qonun 2026-yil 28-sentabrda qabul qilingan bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tib kuchga kiradi.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

Ustoz va murabbiylar kuni: bir guruh taʼlim fidoyilari mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

custom img

Banklar kredit berishda faqat uy-joy qiymatiga tayanmasligi kerak — Markaziy bank

Banklarga kredit ajratishda garovdagi uy-joy qiymatidan ko‘ra, qarz oluvchining kreditni qaytarish imkoniyatini asosiy mezon sifatida baholash tavsiya etildi.

custom img

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari olib qo‘yildi: ish beruvchiga chora ko‘rildi

Ish beruvchi to‘lanmagan ish haqlarini 48 soat ichida berish majburiyatini oldi.

custom img

Kesarcha kesish amaliyoti: ayollarning tanlash huquqi belgilandi

Amaliyotdan oldin homilador ayolga mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar tushuntiriladi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.

custom img

Bolalarga zo‘ravonlik: javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

Hujjat 29-sentyabr kuni deputatlar muhokamasiga qo‘yiladi.

custom img

Paxta yig‘im-terimi mavsumi: mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazorat qilinadi

Mavsum davomida majburiy va bolalar mehnatining oldini olish bo‘yicha monitoring ishlari olib boriladi.

custom img

Prezident farmoni: Samarqanddagi shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilari mukofotlandi

Musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan, professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini namoyon qilgan shaxmatchilar taqdirlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"