O'zbekiston

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

 

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 30-sentabr – 2-oktabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida sel xavfi mavjud.

 

Xususan:

  • Qashqadaryo viloyatida — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyatida — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida;
  • Samarqand viloyatida — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyatida — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyatida — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyatida — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlarida, shuningdek, Angren hamda Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyatida — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyatida — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyatida — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlarida, shuningdek, Xonobod shahrida sel-suv toshqini xavfi mavjud.

 

O‘zgidrometning qayd etishicha, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik suvlari to‘planishi mumkin. Bu esa joylarda suv bosishi xavfini yuzaga keltirishi ehtimoldan xoli emas.

 

Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

custom img

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

custom img

Ustoz va murabbiylar kuni: bir guruh taʼlim fidoyilari mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

custom img

Banklar kredit berishda faqat uy-joy qiymatiga tayanmasligi kerak — Markaziy bank

Banklarga kredit ajratishda garovdagi uy-joy qiymatidan ko‘ra, qarz oluvchining kreditni qaytarish imkoniyatini asosiy mezon sifatida baholash tavsiya etildi.

custom img

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari olib qo‘yildi: ish beruvchiga chora ko‘rildi

Ish beruvchi to‘lanmagan ish haqlarini 48 soat ichida berish majburiyatini oldi.

custom img

Kesarcha kesish amaliyoti: ayollarning tanlash huquqi belgilandi

Amaliyotdan oldin homilador ayolga mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar tushuntiriladi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.

custom img

Bolalarga zo‘ravonlik: javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

Hujjat 29-sentyabr kuni deputatlar muhokamasiga qo‘yiladi.

custom img

Paxta yig‘im-terimi mavsumi: mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazorat qilinadi

Mavsum davomida majburiy va bolalar mehnatining oldini olish bo‘yicha monitoring ishlari olib boriladi.

custom img

Prezident farmoni: Samarqanddagi shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilari mukofotlandi

Musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan, professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini namoyon qilgan shaxmatchilar taqdirlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"