O'zbekiston

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda



Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Ezoza Karimova Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida yuz bergan voqea yuzasidan munosabat bildirdi.



Vazirning taʼkidlashicha, holat uni nafaqat vazir, balki ona sifatida ham qattiq larzaga solgan. U voqea haqida xabar topgan kuni Toshkentga qaytish o‘rniga Namanganga borib, vaziyatni joyida o‘rganganini maʼlum qilgan.



Karimovaning qayd etishicha, holat yuzasidan tergov olib borilayotgani sababli uning jarayoniga xalaqit bermaslik, shuningdek, voyaga yetmagan jabrlanuvchining manfaatlari va shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish maqsadida tafsilotlar avvalroq keng ommaga oshkor qilinmagan.



Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, voqeaga aloqadorlikda gumon qilinayotgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Shuningdek, holatni atroflicha o‘rganish, masʼullarning xizmat vazifalarini qanday bajarganini aniqlash va ularning lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan.



Ezoza Karimova ishchi guruh faoliyati va o‘rganish jarayonlarini shaxsiy nazoratiga olganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv davomida kim o‘z vazifasini bajarmagani, kim beparvolikka yo‘l qo‘ygani va kim holatga ko‘z yumganiga aniqlik kiritiladi.



Bolalar xavfsizligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan har bir xodim va rahbarning faoliyatiga shu mezon asosida baho berilishi, lavozimi yoki xizmat tajribasidan qatʼi nazar, vazirlik vakolati doirasida tegishli choralar ko‘rilishi taʼkidlandi. Aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Ayni paytda maxsus ishchi guruh mamlakatdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining, jumladan, rahbarlar va texnik xodimlargacha bo‘lgan barcha xodimlarning faoliyatini o‘rganmoqda. Vazirlik aniqlangan kamchiliklarning sabablari va ularga yo‘l qo‘ygan masʼullarning javobgarligi masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.



Vazir barcha tizim rahbarlari va xodimlariga murojaat qilib, ularga ishonib topshirilgan har bir bolaning xavfsizligi kundalik faoliyatning eng asosiy talabi bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.



“Farzandlarimiz taqdiriga befarq, o‘z vazifasiga masʼuliyatsiz munosabatda bo‘lgan insonlarning taʼlim tizimida ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi”, deya qayd etdi vazir.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

custom img

Ustoz va murabbiylar kuni: bir guruh taʼlim fidoyilari mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

custom img

Banklar kredit berishda faqat uy-joy qiymatiga tayanmasligi kerak — Markaziy bank

Banklarga kredit ajratishda garovdagi uy-joy qiymatidan ko‘ra, qarz oluvchining kreditni qaytarish imkoniyatini asosiy mezon sifatida baholash tavsiya etildi.

custom img

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari olib qo‘yildi: ish beruvchiga chora ko‘rildi

Ish beruvchi to‘lanmagan ish haqlarini 48 soat ichida berish majburiyatini oldi.

custom img

Kesarcha kesish amaliyoti: ayollarning tanlash huquqi belgilandi

Amaliyotdan oldin homilador ayolga mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar tushuntiriladi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.

custom img

Bolalarga zo‘ravonlik: javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

Hujjat 29-sentyabr kuni deputatlar muhokamasiga qo‘yiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"