O'zbekiston

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent Botanika bog‘ida daraxtlarni kesish va qazish ishlari olib borilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Fanlar akademiyasi Axborot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hozirda Toshkent Botanika bog‘ining bufer zonasidagi 50 sotix maydonda suv havzasi tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

 

Fanlar akademiyasining qayd etishicha, mazkur hudud Botanika bog‘ining ilmiy kolleksiya maydonlariga kirmaydi. Ushbu joyda asosan tabiiy ravishda o‘sib chiqqan maymunjon, qamish va boshqa yovvoyi o‘simliklar mavjud.

 

Suv havzasi tashkil etilayotgan hududda Botanika bog‘ining ilmiy kolleksiyasiga mansub daraxt va butalar mavjud emas.

 

Ishlar ekologiya mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Hududdagi ishlarning ekologik talablarga muvofiq tashkil etilishi hamda mavjud yashil hududlarga zarar yetkazilmasligi nazorat qilinmoqda.

 

Rasmiy munosabatga ko‘ra, suv havzasini tashkil etishdan asosiy maqsad Botanika bog‘ida suv o‘tlari, suv bo‘yida o‘suvchi daraxt va butalar ekotizimini yaratish, uni ilmiy jihatdan tadqiq qilish hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 

Bundan tashqari, mazkur suv havzasi ilmiy vazifalardan tashqari, hududdagi mikroiqlim barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Fanlar akademiyasi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat ishonchli hamda rasmiy manbalarga tayangan holda xulosa chiqarish, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

custom img

Ustoz va murabbiylar kuni: bir guruh taʼlim fidoyilari mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

custom img

Banklar kredit berishda faqat uy-joy qiymatiga tayanmasligi kerak — Markaziy bank

Banklarga kredit ajratishda garovdagi uy-joy qiymatidan ko‘ra, qarz oluvchining kreditni qaytarish imkoniyatini asosiy mezon sifatida baholash tavsiya etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"