Jahon

Londonda jazirama oqibatlari: uylar darz ketib, cho‘ka boshladi

Mutaxassislar buni quruq ob-havo tufayli loyli tuproqning qisqarishi bilan bog‘lamoqda.

Londonda jazirama oqibatlari: uylar darz ketib, cho‘ka boshladi

2026-yil yozida Londonning ayrim hududlarida uylar devorlarida zigzagsimon yoriqlar paydo bo‘lgan, eshiklar qadalib qolgan va derazalar deformatsiyalangan. Ayrim binolarda esa cho‘kish belgilari kuzatilgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

London va Angliyaning janubi-sharqiy hududlari quruq va issiq ob-havo kuchaytirayotgan tuproq cho‘kishi muammosiga duch kelmoqda. Jazirama vaqtida tuproqdagi namlik kamayib, loyli qatlam qisqaradi. Poydevor ostidagi tuproqning notekis qisqarishi binolarning cho‘kishiga olib kelishi mumkin.

 

Britaniya geologiya xizmati vakili tuproq cho‘kishini Buyuk Britaniyadagi eng xavfli geologik hodisalardan biri sifatida baholagan. Mutaxassislar global isish kuchaygani sari muammo ham kengayishi mumkinligini bildirgan.

 

Qayd etilishicha, Londonda loyli tuproq keng tarqalgan. U namlikni yutganda kengayadi, quriganida esa qisqaradi. Bu jarayon “qisqarish-kengayish” deb ataladi. Daraxtlar ham jarayonni kuchaytirishi mumkin: issiq havoda ularning ildizlari namlik izlab chuqurroq kirib boradi va tuproqdagi suv miqdorini kamaytiradi. Eski binolar bunday jarayonga ko‘proq moyil. London uylarining yarmidan ko‘pi 1945-yilgacha qurilgan bo‘lib, ularning ayrimlarida poydevorlar nisbatan sayoz joylashtirilgan.

 

Aviva sug‘urta kompaniyasi prognoziga ko‘ra, 2030-yilga kelib Londonning ayrim hududlaridagi ko‘chmas mulkning 100 foizi tuproq cho‘kishi xavfiga duch kelishi mumkin. Xususan, Kensington, London Siti va Vestminster hududlari tilga olingan.

 

Muammo London bilan cheklanmayapti. CNN ma’lumotiga ko‘ra, bundan 40 yil avval tuproq cho‘kishi asosan London va Angliyaning janubi-sharqida kuzatilgan bo‘lsa, iqlim o‘zgarishi sabab hozir Buyuk Britaniyaning boshqa hududlarida ham xavf ortmoqda.

 

Building & Structural Consultants direktori Bob Gibsonning aytishicha, har bir issiq yozdan keyin tuproq cho‘kishi bilan bog‘liq sug‘urta da’volari soni oshadi. 2025-yilda Buyuk Britaniyada sug‘urta sohasi tuproq cho‘kishi bilan bog‘liq da’volar uchun 415 mln dollar to‘lagan. Bu 2024-yilga nisbatan 10 foiz ko‘p.

custom img

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan.

custom img

Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi, qoidani buzganlarda belgilangan limitdan ortiq summa olib qo‘yiladi.

custom img

4 davlat, yangi viza cheklovlari: AQSh kimlarga chora ko‘rdi?

AQSh Davlat departamenti yangi viza mexanizmi doimiy xususiyatga ega ekanini, yangi dalillar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"