Jahon

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi



Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Qurolli Kuchlarining shtatdagi shaxsiy tarkibini 15,5 ming kishiga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.



Farmonga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlarining umumiy shtatdagi soni 2 441 630 kishi, jumladan, 1 550 500 nafar harbiy xizmatchi etib belgilandi.



Avvalgi ko‘rsatkich 2 426 130 kishini, shundan harbiy xizmatchilar 1 535 000 nafarni tashkil etgan. Shu tariqa, harbiy xizmatchilar soni 15 500 nafarga oshirilgan.



Hujjatga muvofiq, Rossiya hukumati Mudofaa vazirligiga yangi shtat sonini taʼminlash uchun federal byudjetdan zarur mablag‘larni ajratishi kerak.



Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.



Maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlarining shtatdagi soni 2026 yil davomida bir necha bor oshirilgan. Iyun oyida ham harbiylar soni qariyb 7,3 ming nafarga ko‘paytirilgan.



Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev iyul oyida 2026 yilning dastlabki olti oyida qariyb 200 ming kishi Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qilgan. Uning aytishicha, yana 16 ming rossiyalik jangovar hududlarga ko‘ngilli sifatida qo‘shilgan.



Shu bilan birga, Vladimir Putin sentyabr oyida mamlakatda yangi safarbarlikka hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirgan. U safarbarlik haqidagi xabarlarni «axborot hujumi» deb atagan va bunday chorani talab qiladigan vaziyat mavjud emasligini taʼkidlagan.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"