O'zbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari olib qo‘yildi: ish beruvchiga chora ko‘rildi

Ish beruvchi to‘lanmagan ish haqlarini 48 soat ichida berish majburiyatini oldi.

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari olib qo‘yildi: ish beruvchiga chora ko‘rildi



Rossiyaning “Insiti Logistika” MCHJda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari hujjatlari olib qo‘yilgani va ish haqlari to‘lanmayotgani yuzasidan Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.



28 sentyabr kuni kelib tushgan murojaat yuzasidan vakolatxona xodimlari korxona manziliga borib, ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazgan.



Natijada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari qaytarilgan. Shuningdek, ish beruvchi to‘lanmagan ish haqlarini 48 soat ichida to‘lab berish majburiyatini olgan.



Migratsiya agentligi mazkur masala vakolatxona nazoratida ekanini maʼlum qildi.



Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquq va manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Migratsiya agentligining 24/7 koll-markaziga yoki ishonch raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.

custom img

Kesarcha kesish amaliyoti: ayollarning tanlash huquqi belgilandi

Amaliyotdan oldin homilador ayolga mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar tushuntiriladi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.

custom img

Bolalarga zo‘ravonlik: javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

Hujjat 29-sentyabr kuni deputatlar muhokamasiga qo‘yiladi.

custom img

Paxta yig‘im-terimi mavsumi: mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazorat qilinadi

Mavsum davomida majburiy va bolalar mehnatining oldini olish bo‘yicha monitoring ishlari olib boriladi.

custom img

Prezident farmoni: Samarqanddagi shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilari mukofotlandi

Musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan, professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini namoyon qilgan shaxmatchilar taqdirlandi.

custom img

Toshkentda Bo'rijar ko'chasi qayta nomlandi: endi u Pekin ko'chasi

Tegishli qaror xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan qabul qilindi.

custom img

O‘zbekistonda oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi? “O‘zgidromet” ma’lumot berdi

O‘zgidromet oktyabr oyida havo harorati o‘zgarib turishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik me’yordan ko‘p bo‘lishini ma’lum qildi.

custom img

Xorazmda Autocon reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Reyd IIB YHXB hamda MIB xodimlari hamkorligida olib borilmoqda.

custom img

Qarshida MIB orqali 403 mln aliment undirildi

Qarzdor otalar aliment pullarini sud zalida to‘lashga majbur bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"