O'zbekiston

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

2026-yil 28-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mezbonligida BIPM–COOMET UTC Summer School xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi. Mazkur xalqaro tadbir Bureau International des Poids et Mesures (BIPM), COOMET TC 4 “Information and Training”, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.hamda IEEE UFFC tomonidan homiylik qilingan.

 

image

 

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro yozgi maktabda 25 ta xorijiy mamlakatdan jami 31 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ularning 11 nafari rivojlangan mamlakatlarning yetakchi xalqaro ekspertlari sifatida lektorlik faoliyatini olib borayotgan bo‘lsa, 20 nafari vaqt va chastota metrologiyasi yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yozgi maktab ishtirokchisi sifatida qatnashmoqda.

 

 

Tadbirning asosiy maqsadi — UTC va UTC(k) vaqt shkalalarini yaratish, solishtirish va uzatish, yuqori aniqlikdagi vaqt va chastota o‘lchashlarini amalga oshirish hamda ularning metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

 

image

 

Yozgi maktab dasturidan UTC va UTC(k) vaqt shkalalari, atom soatlari, GNSS orqali vaqt va chastotani uzatish, metrologik kuzatuvchanlik, o‘lchash noaniqligini baholash, statistik tahlil va zamonaviy vaqt-chastota texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan.

 

image

 

“BIPM–COOMET UTC Summer School” 28–30-sentabr kunlari davom etadi. Mazkur xalqaro tadbir vaqt va chastota metrologiyasi sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda milliy metrologiya institutlari mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"