Ustoz va murabbiylar kuni: bir guruh taʼlim fidoyilari mukofotlandi
Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko'ra, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh soha vakillarini mukofotlandi.
Hujjatga ko‘ra, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarga o‘rgatish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan soha vakillari davlat mukofotlari nasib etdi.
Jumladan, ikki nafar mutaxassisga “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni berildi. Yana ikki nafar soha vakili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”, ikki nafari “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Do‘stlik”, “Salomatlik”, “Mardlik” ordenlari hamda qator medallar bilan taqdirlangan.
Farmonda mukofotlanganlarning ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni ma’nan yetuk va barkamol etib tarbiyalash, shuningdek, ta’lim sohasidagi islohotlarga qo‘shgan hissasi alohida qayd etilgan.








