O'zbekiston

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

 

O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasida voyaga yetmaganlarga nisbatan og‘ir jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash belgilanmoqda. Shuningdek, bolaning jinsiy erkinligiga qarshi ayrim jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va jazoni ijro etish muddatlari qo‘llanmasligi nazarda tutilmoqda.

 

Hujjatda bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm hamda muddatidan ilgari shartli ozod qilishga oid ayrim qoidalarni qo‘llashni cheklash taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish, shuningdek, bir guruh shaxslar tomonidan 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanishi taklif etilmoqda.

 

Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish, bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmaslik va boshqa ayrim huquqbuzarliklar uchun ham javobgarlik choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan.

 

Qonun loyihasida bolalarning protsessual huquqlarini himoya qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, ularni gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bilan yuzlashtirishni maxsus tartibda o‘tkazish hamda ayrim holatlarda vasiylik va homiylik organi vakilining majburiy ishtirokini ta’minlash taklif etilmoqda.

 

Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmi joriy etilmoqda. Mazkur yordam bolaning moddiy imkoniyatidan qat’i nazar, uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi.

 

Loyiha bolalarni zararli axborotdan himoya qilish, Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar qarorlarini ijro etmaslik yoki ularning ijrosiga to‘sqinlik qilish uchun javobgarlik belgilashni ham nazarda tutadi.

 

Shuningdek, ta’lim tashkiloti xodimi tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan taqdirda, mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun huquqiy asos yaratish taklif etilmoqda.

 

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

custom img

“O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlimning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

custom img

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"