O'zbekiston

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi



Toshkent shahrining Chilonzor tumanida avtobusda yo‘l haqini to‘lamagan va chipta nazoratchisiga qarshilik ko‘rsatgan yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.



Maʼlum qilinishicha, «Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi tomonidan avtobuslarda yo‘l haqi to‘lanishini nazorat qilishga qaratilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda.



Navbatdagi nazorat tadbiri Chilonzor tumani hududida o‘tkazilgan. Shunda M.M. ismli fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng undan yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish so‘ralgan.



Biroq yo‘lovchi turli vajlarni keltirib, nazoratchining talabini bajarmagan va jamoat joyida tartibsizlik keltirib chiqargan.



Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida u janjal ko‘targan va nazoratchiga kuch ishlatishga uringan. Mazkur holat nazoratchining bodi-kamerasiga yozib olingan.



Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tgan.



Sud qaroriga ko‘ra, M.M. ga nisbatan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.



Masʼul tashkilotning qayd etishicha, yo‘lovchilar avtobusga chiqqanidan so‘ng yo‘l haqini to‘lashi va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi kerak. Shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda chiptasiz yurish Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga muvofiq jarimaga sabab bo‘ladi.



Shuningdek, «Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi nazoratchilariga xizmat vazifasini bajarish vaqtida qarshilik ko‘rsatish, ularga nisbatan zo‘ravonlik ishlatish yoki tahdid qilish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

custom img

“O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlimning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

custom img

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"