O'zbekiston

“O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlimning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

“O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi



Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.



Davlat rahbari mazkur dargoh taʼlim tizimiga yangicha ruh va mazmun olib kirishini taʼkidlab, barcha pedagoglarni kasb bayrami bilan tabrikladi.



— O‘qituvchi — mehr daryosi, o‘qituvchi — ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi — maʼrifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan maʼrifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi, — dedi Prezident.



Shavkat Mirziyoyev buyuk ajdodlarimiz kamoloti ortida ham ularga saboq bergan muallimlar turganini qayd etdi. Imom Buxoriy, Beruniy, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi buyuk siymolarni yetishtirgan ustozlarni “odamiylik bog‘ining bog‘bonlari” deb atadi



Davlat rahbari umrini yoshlar kamolotiga bag‘ishlagan barcha ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va minnatdorlik bildirdi.



Uchrashuvda bugun dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari jadal o‘zgarayotgani qayd etildi. Sunʼiy intellekt matn tayyorlashi, dastur yozishi va maʼlumotlarni tahlil qilishi mumkin.



Biroq, Prezident taʼkidlaganidek, hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topib, unga Vatanga muhabbat va masʼuliyat tuyg‘usini singdira olmaydi.



Shuningdek, davlat rahbari taʼlim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini maʼlum qildi.



Mukofotlanganlar orasida pedagoglar bilan bir qatorda taʼlim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Uchrashuv davomida davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.



Prezident mukofot sohiblarini tabriklab:

— Ishoning, men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman, — dedi.


Shuningdek, taʼlimning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etish taklif qilindi.



Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida eʼlon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

custom img

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"