Jahon

Tokioda 34 kunlik rekord: yomg‘irsiz kun bo‘lmadi

Tokio markazida 27-avgustdan 29-sentabrgacha har kuni yog‘ingarchilik qayd etilgan.

Tokioda 34 kunlik rekord: yomg‘irsiz kun bo‘lmadi

 

Yaponiyaning Tokio shahrida ketma-ket 34 kun davomida yomg‘ir yog‘ib, rekord natija qayd etildi. Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1886-yildan buyon kuzatilgan eng uzoq uzluksiz yog‘ingarchilik davri hisoblanadi.

 

Tokio markazida yog‘ingarchilik 27-avgustdan 29-sentabrgacha davom etgan. Shu tariqa 2019-yilda 27-iyundan 29-iyulgacha qayd etilgan 33 kunlik avvalgi rekord yangilangan.

 

Meteorologlar uzoq davom etgan yomg‘irli ob-havoni kuzgi yomg‘ir frontlari, uzoq vaqt saqlanib turgan past bosim hududlari hamda yaqinlashgan tayfunlar bilan izohlamoqda.

 

Tokioda sentyabr oyining 29-sanasigacha 629 millimetr yog‘in qayd etilgan. Bu shaharning sentyabr oyidagi o‘rtacha yog‘in miqdoridan qariyb uch baravar ko‘p.

 

Yog‘ingarchilik miqdori 21-sentabr kuni ayniqsa yuqori bo‘lgan va bir sutkada 156 millimetr yog‘in tushgan.

 

Uzoq davom etgan bulutli va yomg‘irli ob-havo quyoshli kunlar davomiyligiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, Yaponiya sharqida, jumladan Kanto mintaqasida, yom‘irlar davom etishi kutilmoqda.

 

Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning ayrim hududlarida kuchli yog‘ingarchilik va tayfunlar bilan bog‘liq noqulay ob-havo kuzatilmoqda.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

custom img

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan.

custom img

Londonda jazirama oqibatlari: uylar darz ketib, cho‘ka boshladi

Mutaxassislar buni quruq ob-havo tufayli loyli tuproqning qisqarishi bilan bog‘lamoqda.

custom img

Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi, qoidani buzganlarda belgilangan limitdan ortiq summa olib qo‘yiladi.

custom img

4 davlat, yangi viza cheklovlari: AQSh kimlarga chora ko‘rdi?

AQSh Davlat departamenti yangi viza mexanizmi doimiy xususiyatga ega ekanini, yangi dalillar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"