Jahon

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

 

Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentyabr oyida Ukrainaga zarbalar vaqtida amal qilgan avvalgi cheklovlarni bekor qilish haqida harbiy qo‘mondonlikka ko‘rsatma berganini ma’lum qildi.

 

Zelenskiy bu haqda Financial Times nashriga bergan intervyusida Ukraina razvedkasi tomonidan olingan ma’lumotlarga tayanib gapirgan. Uning aytishicha, Rossiya rahbariyati tomonidan “endi hech qanday qoidalar yo‘q” degan mazmundagi ko‘rsatma berilgan.

 

Ukraina prezidenti Rossiya avvalgi davrda asosan energetika va harbiy obyektlarni nishonga olganini, hozir esa dron hujumlarida maktablar, aloqa markazlari va ma’lumotlar markazlari kabi obyektlar ham zararlanayotganini aytgan.

 

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya qish mavsumida Ukrainadagi yirik shaharlarni mamlakatning boshqa hududlaridan ajratib qo‘yish maqsadida ularga hujumlarni kuchaytirishga tayyorlanmoqda. U Kiyev, Xarkov va Odessa asosiy nishonlar qatorida bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Ukraina va Yevropa xavfsizlik rasmiylariga ko‘ra, Lvov ham Rossiyaning ehtimoliy nishonlari qatorida tilga olingan.

 

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya tomonidan Ukrainadagi energetika tizimiga zarar yetkazish bilan bog‘liq yangi hujumlar xavfi mavjudligini ta’kidladi.

 

Rossiya tomoni esa Ukraina prezidentining bu bayonotlarini tasdiqlamagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya armiyasi maktab va shifoxonalarni nishonga olmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari harbiy salohiyat bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq obyektlarni nishonga oladi.

 

Financial Times ham Zelenskiyning bayonotlarini Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga asoslangan da’volar sifatida keltirgan. Nashr Rossiya tomonining fuqarolik obyektlarini ataylab nishonga olish haqidagi ayblovlarni rad etganini qayd etgan.

 

So‘nggi haftalarda Kiyev va boshqa Ukraina shaharlari Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan havo hujumlari kuchayganini qayd etmoqda. 28-sentabr kuni Kiyevdagi Ukraina Milliy fanlar akademiyasi binosi ham dron hujumidan zarar ko‘rgan, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va olti kishi, jumladan uch nafar bola jarohatlangan.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"