O'zbekiston

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

 

Oliy Majlis Senati Mehnat kodeksini mehnat va mashg‘ulotlar sohasida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutuvchi yangi norma bilan to‘ldirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi.

 

Senatning 2-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun bilan Mehnat kodeksiga mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish sifatida baholanadigan belgilar qatori kengaytirilmoqda. Xususan, terining rangi va siyosiy qarashlar ham shunday belgilar qatoriga kiritiladi.

 

Shuningdek, Mehnat kodeksi shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmasligini belgilovchi 8-1-modda bilan to‘ldiriladi.

 

Yangi normaga ko‘ra, shaxs uchun nomaqbul bo‘lgan, uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, tashqi qiyofasi yoki qaddi-qomatini tavsiflash, imo-ishora qilish, teginish yoki chaqirishda ifodalangan shahvoniy xususiyatga ega harakatlar shahvoniy shilqimlik sifatida baholanadi.

 

Qonunda ish beruvchining mehnat jamoasida shahvoniy shilqimlikdan xoli muhit yaratish uchun zarur choralarni ko‘rish majburiyati ham belgilanmoqda. Xodimlarga bunday holatlar yuzasidan xavfsiz va maxfiy tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratiladi, murojaatlarni xolisona ko‘rib chiqish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Orzigul Mo‘ydinovaning ma’lum qilishicha, 2024-yilda shahvoniy shilqimlik bo‘yicha 2009 ta ma’muriy ish ko‘rilib, 2106 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan. 2025-yilda esa mazkur ko‘rsatkich qariyb 23 foizga oshgan.

 

2026-yilning birinchi yarim yilligida sudlar tomonidan 1240 ta ish bo‘yicha 1293 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.

 

Senatorning qayd etishicha, ushbu ishlarning barchasi ham ish joyida sodir etilmagan. Biroq keltirilgan ko‘rsatkichlar shahvoniy shilqimlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning dolzarbligini ko‘rsatadi.

 

Qonunchilik tashabbusi doirasida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gruziya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarning mehnat qonunchiligi ham o‘rganilgan.

 

Senatorlarning ta’kidlashicha, yangi normalar mehnat sohasida teng imkoniyatlarni ta’minlash, kamsitishlarning oldini olish hamda fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"