Jahon

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

 

Rossiyada 1-oktabrdan patent asosida ishlayotgan xorijiy fuqarolarni ishga qabul qilish bo‘yicha xabarnoma berish tartibi o‘zgardi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati ma’lum qildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxs uchun ishlayotgan xorijiy fuqarolar patentni olganidan keyin ikki oy ichida Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organiga ishga joylashgani haqida xabarnoma taqdim etishi kerak.

 

Agar migrant yuridik shaxsda ishlayotgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini tuzish yoki bekor qilish haqidagi xabarnomani ish beruvchi taqdim etadi. Buning uchun uch kunlik muddat belgilangan.

 

Shuningdek, chet el fuqarosining ishdan bo‘shatilgani haqida Ichki ishlar vazirligini o‘z vaqtida xabardor qilmaslik uchun 800 ming rublgacha jarima yoki 90 kungacha faoliyatni to‘xtatish jazosi qo‘llanishi mumkin.

 

Avvalgi tartibda patent asosida ishlayotgan migrant va uning ish beruvchisi yoki xizmat ko‘rsatuvchisi xorijiy fuqaroni ishga qabul qilish haqida Ichki ishlar vazirligini xabardor qilishi talab etilgan. Bunda har ikki tomon uchun xabarnoma berish bo‘yicha alohida majburiyat va muddatlar mavjud edi.

 

Yangi tartibda esa ish beruvchining maqomi — jismoniy yoki yuridik shaxs ekani — xabarnoma berish tartibi va muddatiga ta’sir qiladi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"