Jahon

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

 

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlarini yaxshilash talabi bilan boshlangan norozilik namoyishlari mamlakat bo‘ylab kengayib, ayrim hududlarda politsiya bilan to‘qnashuvlargacha yetib bordi.

 

Noroziliklar avval Parij atrofidagi Il-de-Frans mintaqasida boshlangan. Keyinchalik ular mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqalgan. O‘quvchilar gavjum sinflar, o‘qituvchilar yetishmasligi, maktab binolarining ta’mirtalab holati va dars jadvalining haddan tashqari zichligidan norozi ekanini bildirmoqda. Universitet talabalari ham harakatga qo‘shilgan.

 

30-sentabr kuni Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nyunez noroziliklar 356 ta maktabga tarqalganini ma’lum qilgan. Shu kuni 625 kishi hibsga olingan, 83 nafar politsiya va jandarm jarohatlangan. Ta’lim vaziri Eduard Geffray esa noroziliklar boshlanganidan beri 119 nafar o‘quvchi va maktab xodimi jarohatlanganini bildirgan.

 

1-oktabr kuni vaziyat yanada keskinlashgan. Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shu kunning o‘zida 1 949 kishi hibsga olingan. Harakatlar jami 1 027 ta ta’lim muassasasiga ta’sir ko‘rsatgan, shundan 222 tasi to‘liq bloklangan. Bir kun davomida 305 nafar politsiya va jandarm jarohatlangan.

 

Prezident yoshlarning muammolari va xavotirlarini tushunishini aytgan, biroq zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmasligini ta’kidlagan. Hukumat o‘quvchilar o‘z talab va tashvishlarini bildira olishi uchun maslahat platformasini ishga tushirishini ma’lum qilgan.

 

Ta’lim vaziri Eduard Geffray xavfsizlikka tahdid mavjud bo‘lgan yoki kirish yo‘llari to‘silgan maktablarda darslarni vaqtincha masofaviy shaklga o‘tkazishni buyurgan. Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, juma kuni 400 dan ortiq ta’lim muassasasini yopish va darslarni masofadan tashkil etish rejalashtirilgan.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"