Jahon

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

 

Qirg‘izistonning birinchi milliy sun’iy yo‘ldoshi AQShning Kaliforniya shtatidagi Vandenberg harbiy-havo bazasidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida orbitaga chiqarildi.

 

Sun’iy yo‘ldoshning uchirilish marosimida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham ishtirok etgan. U AQShga ishchi tashrifi doirasida Vandenberg bazasiga borib, tarixiy parvozni kuzatgan.

 

Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh bitta raketa yordamida orbitaga chiqarilgan kosmik apparatlar guruhining bir qismi bo‘lgan. Mazkur qurilma Qirg‘iziston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yaratilgan.

 

Sun’iy yo‘ldosh Qirg‘izistonda joylashgan Missiyani boshqarish markazi orqali nazorat qilinadi.

 

Sun’iy yo‘ldoshdan olinadigan ma’lumotlar noqonuniy qazib olish, ruxsatsiz chiqindixonalar va ifloslanish manbalarini aniqlash, shuningdek, logistika yo‘nalishlarini optimallashtirishda ham qo‘llanadi.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Qirg‘izistonning ilk sun’iy yo‘ldoshi qariyb 5 kilogramm og‘irlikdagi kichik kosmik apparat bo‘lib, uni yaratish ustida qariyb 2,5 yil davomida ish olib borilgan.

 

Sun’iy yo‘ldosh 1-oktabr kuni Falcon 9 raketasining Transporter-18 missiyasi doirasida orbitaga chiqarilgan. Ushbu missiya davomida jami 130 ta foydali yuk past Yer orbitasiga olib chiqilgan.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"