O'zbekiston

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi



O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.



Navbatdagi tadbirlar davomida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqtdan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi, 1981 yilda tug‘ilgan N.Ye. Istanbul shahrida aniqlanib, qo‘lga olindi.



N.Ye. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi — odam savdosi bo‘yicha ayblanib qidiruvga berilgan.



Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u yosh qizlarni yuqori maoshli ish vaʼdalar bilan aldab, Turkiyaga olib kelish, ularning pasportlarini olib qo‘yish va keyinchalik ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinmoqda.



Qo‘lga olingan shaxs belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirildi. Hozirda unga nisbatan tegishli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"