Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi
“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Meteorologlar ma’lumotiga ko‘ra, 3-oktyabr kuni mamlakatning shimoliy hududlariga, 4–5-oktyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Shu sabab respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3–4-oktyabr kunlari shimoliy va cho‘l hududlarda, 4–5-oktyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi, baland tog‘li hududlarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati ham pasayadi. Kunduz kunlari harorat 15–20 darajagacha, kechalari esa 5–10 darajagacha tushishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda kunduzgi harorat 12–17 daraja, kechalari esa 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
3–4-oktyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 20–22 m/s gacha yetishi mumkin.
Shuningdek, 5–6-oktyabr kunlari mamlakatning ayrim hududlariga tuman tushishi ehtimoli bor.








