O'zbekiston

Baxtsiz hodisa va og‘ir jarohat: Rossiyadagi vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Unga parvoz vaqtida ikki nafar o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassisi hamrohlik qilgan.

Baxtsiz hodisa va og‘ir jarohat: Rossiyadagi vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

 

Rossiyaning Rostov-Don shahrida mehnat faoliyati davomida og‘ir jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi D. U. ni vatanga qaytarishga ko‘maklashildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa oqibatida fuqaro turli tan jarohatlarini olgan va hududdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan. U yerda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Shundan so‘ng vatandoshning sog‘lig‘i hamda shifokorlar tavsiyalari inobatga olinib, uni O‘zbekistonga tibbiy evakuatsiya qilish masalasi ishlab chiqilgan.

 

Fuqaroning xavfsiz tarzda vatanga qaytishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistondan ikki nafar tibbiyot mutaxassisi Rossiyaga yuborilgan. Ular parvoz davomida D. U. ning holatini nazorat qilib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatib borgan.

 

Barcha tayyorgarlik ishlari yakunlangach, fuqaro shifokorlar hamrohligida Mineralniye Vodi–Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

17 ta oliygohda boshqaruv o‘zgardi: Oliy ta’lim vazirligiga yangi vakolatlar berildi

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

custom img

Irkutskdagi kasallik gumoni: O‘zbekistonda epidemiologik nazorat kuchaytirildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan holat bo‘yicha vaziyat kuzatilmoqda.

custom img

Kredit olishdan oldin ogohlantirish: banklar uchun yangi talablar belgilandi

Markaziy bank qarori bilan kredit reklamalari va shartnomalarida qarzdorlik xavflarini ochiq ko‘rsatish talab etiladi.

custom img

“Umra” evaziga 4800 dollar: noqonuniy xizmat ko‘rsatishga urinish fosh etildi

Ziyoratni tashkil etishga vakolati bo‘lmagan shaxs 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"