Jahon

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

 

Birlashgan Arab Amirliklarining Flydubai aviakompaniyasi 30-sentabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan FZ1073 reysida yuz bergan xavfsizlik hodisasidan so‘ng Tel-Avivga parvozlarni keyingi xabargacha vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya bosh direktori G‘ayt al-G‘ayt ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, parvozlarni to‘xtatish vakolatli organlarning iltimosiga binoan amalga oshirilgan. Aviakompaniya jamoalari safar rejalari buzilgan yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni yakuniy manzillariga yetkazish ustida ishlamoqda.

 

30-sentabr kuni Dubaydan Tel-Avivga yo‘l olgan FZ1073 reysi parvoz vaqtida yuz bergan hodisa sabab yo‘nalishini o‘zgartirib, Saudiya Arabistonining Tabuk shahridagi aeroportga xavfsiz qo‘ngan. Flydubai barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari xavfsizligini tasdiqlagan.

 

Aviakompaniya bosh direktorining ma’lum qilishicha, reys bortidagi 172 yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi xavfsiz. Hodisada jarohat olgan kapitan esa tibbiy ruxsat olganidan so‘ng BAAga qaytgan.

 

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 1-oktabr kuni dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilib, hodisa parvoz vaqtida ikkinchi uchuvchi va kapitan o‘rtasidagi mojaro oqibatida yuz berganini bildirgan. Natijada ikki uchuvchi ham turli darajada jarohat olgan.

 

Saudiya rasmiylariga ko‘ra, uchuvchilar sog‘lig‘i yaxshilangach, BAA xavfsizlik kuchlari kuzatuvida Abu-Dabiga olib ketilgan, ekipajning qolgan a’zolari esa avvalroq Dubayga qaytarilgan.

 

Flydubai hodisaning sabab va tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan keng qamrovli rasmiy tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan. Aviakompaniya tergovga ko‘maklashmoqda.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.

Putin Tramp e’lon qilgan energetik sulhni buzdi — Zelenskiy

Putin Tramp e’lon qilgan energetik sulhni buzdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Moskva kelishuvga rioya qilmasa, javob choralarini ko‘rishini bildirdi.