Jahon

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

 

AQSh va Ukraina o‘rtasida tuzilgan qo‘shma tiklanish investitsiya jamg‘armasi muhim minerallar sohasidagi ilk loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) investitsiyalar bo‘yicha rahbari Konor Koulmanning ma’lum qilishicha, jamg‘armaning loyihalari umumiy qiymati hozirda qariyb 70 million dollarni tashkil etmoqda.

 

Minerallar sohasidagi dastlabki loyiha Ukrainadagi BGV Group kompaniyasi bilan qo‘shma investitsiya platformasini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur platformaga taxminan 30 million dollar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

 

Dastlabki bosqichda Ukraina hududidagi erta bosqichdagi konchilik loyihalari, jumladan noyob yer elementlari, uran, berilliy va tsirkoniy konlarini o‘rganish va o‘zlashtirishga e’tibor qaratiladi.

 

Jamg‘arma minerallar bilan bir qatorda Ukrainaning energetika infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni ham moliyalashtirishni rejalashtirgan.

 

AQSh-Ukraina qo‘shma jamg‘armasi 2025-yilda ikki davlat o‘rtasida imzolangan minerallar kelishuvi asosida tashkil etilgan. 2026-yil 2-oktyabr kuni AQSh G‘aznachiligi jamg‘arma tomonidan muhim minerallar va energetika sohalarida yangi investitsiyalar ma’qullanganini rasman e’lon qildi.

 

Jamg‘arma kelgusida investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo‘shimcha kapital jalb qilishni ham rejalashtirmoqda.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"