O'zbekiston

Kredit olishdan oldin ogohlantirish: banklar uchun yangi talablar belgilandi

Markaziy bank qarori bilan kredit reklamalari va shartnomalarida qarzdorlik xavflarini ochiq ko‘rsatish talab etiladi.

Kredit olishdan oldin ogohlantirish: banklar uchun yangi talablar belgilandi

 

O‘zbekistonda banklar mijozlarni kredit olish bilan bog‘liq xavflar va qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida oldindan ogohlantirishi shart bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

 

Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori 2026-yil 30-sentabr kuni Adliya vazirligida 3948-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, banklarning kredit mahsulotlari reklamalarida qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik xavfli ekani haqida ogohlantirish bo‘lishi kerak.

 

Bunda ogohlantirish:

  • rasm, video yoki audio ko‘rinishidagi reklamaning kamida 10 foizini egallashi;

  • kredit shartnomasining birinchi sahifasida kamida 30 foiz maydonni egallashi;

  • qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni ko‘rsatishi kerak.

 

Jumladan, ogohlantirishda qarzdorlikning oshib borishi, qarz oluvchining mol-mulki va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lariga undiruv qaratilishi hamda kredit tarixiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ma’lumot beriladi.

 

Shuningdek, mijozlarni chalg‘ituvchi kredit mahsulotlarini reklama qilgan banklarga nisbatan tegishli chora va sanksiyalar qo‘llanadi.

 

Markaziy bankning qayd etishicha, mazkur o‘zgartirishlar fuqarolarning kredit olishdan oldin uning shartlari, xatarlari va qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida aniq va tushunarli ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

 

Bu orqali fuqarolarning o‘z moliyaviy imkoniyatlarini baholab, oʻylab qaror qabul qilishiga, ortiqcha qarz yukining oldini olish va banklarning kredit mahsulotlari hamda reklamasida ochiqlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

custom img

17 ta oliygohda boshqaruv o‘zgardi: Oliy ta’lim vazirligiga yangi vakolatlar berildi

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

custom img

Irkutskdagi kasallik gumoni: O‘zbekistonda epidemiologik nazorat kuchaytirildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan holat bo‘yicha vaziyat kuzatilmoqda.

custom img

Baxtsiz hodisa va og‘ir jarohat: Rossiyadagi vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Unga parvoz vaqtida ikki nafar o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassisi hamrohlik qilgan.

custom img

“Umra” evaziga 4800 dollar: noqonuniy xizmat ko‘rsatishga urinish fosh etildi

Ziyoratni tashkil etishga vakolati bo‘lmagan shaxs 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"