O'zbekiston

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

 

Senatning yigirmanchi yalpi majlisida 2026-yil 5-fevral kuni Islomobod shahrida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

 

Shartnomaga ko‘ra, tomonlar ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlarni jazoning qolgan qismini ular fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

 

Hujjatda mahkumni o‘tkazish shartlari va bunday so‘rovni rad etish asoslari, vakolatli markaziy organlar, so‘rov shakli va mazmuni, hukmni ijro etish tartibi, tranzit hamda xarajatlarni qoplash masalalari belgilangan.

 

Senatorlar ushbu qonunning qabul qilinishi chet elda jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirishini ta’kidladi.

 

Shuningdek, mazkur tartib mahkumlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ko‘maklashishi, ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni rivojlantirishi va jazoni ijro etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashi qayd etildi.

 

Muhokamalar yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

custom img

Tirbandlik va xavfsizlik masalasi: Zangiotada yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi

Yangi inshoot transport oqimini tartibga solish, tirbandliklarni kamaytirish va haydovchi hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

custom img

17 ta oliygohda boshqaruv o‘zgardi: Oliy ta’lim vazirligiga yangi vakolatlar berildi

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

custom img

Irkutskdagi kasallik gumoni: O‘zbekistonda epidemiologik nazorat kuchaytirildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan holat bo‘yicha vaziyat kuzatilmoqda.

custom img

Kredit olishdan oldin ogohlantirish: banklar uchun yangi talablar belgilandi

Markaziy bank qarori bilan kredit reklamalari va shartnomalarida qarzdorlik xavflarini ochiq ko‘rsatish talab etiladi.

custom img

Baxtsiz hodisa va og‘ir jarohat: Rossiyadagi vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Unga parvoz vaqtida ikki nafar o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassisi hamrohlik qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"