Jahon

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldorlari Kemp-Devidda Eron bilan bog‘liq mojaroning keyingi bosqichlari hamda Yamandagi vaziyatni muhokama qilish uchun bir necha soat davom etgan yopiq uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Axios uch nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.

 

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan. Axios manbalariga ko‘ra, yig‘ilishga AQSh vitse-prezidenti J. D. Vens raislik qilgan.

 

Unda Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Xegset, Oq uyning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff hamda AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn ishtirok etgan.

 

Uchrashuvda Eron bilan bog‘liq vaziyatning keyingi rivoji va Saudiya Arabistoni bilan Yamandagi hutiylar o‘rtasidagi qarama-qarshilik muhokama qilingan. Axios suhbatdoshlaridan biri ma’muriyatning Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralari yuzasidan ayrim qarorlar qabul qilingan yoki muhim masalalar chuqur muhokama qilinganini bildirgan.

 

Axios qayd etishicha, bunday formatdagi avvalgi uchrashuv 2025-yil iyun oyida, Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanishidan bir necha kun oldin o‘tkazilgan.

 

Shuningdek, Saudiya Arabistoni Yamandagi hutiylarga qarshi rejalashtirilayotgan harbiy amaliyotda AQShning ishtirok etishini so‘ramoqda. Xususan, Riyoz Vashingtondan hutiylar pozitsiyalariga havo zarbalari berishda yordam kutayotgani aytilmoqda.

 

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp hozircha hutiylarga qarshi havo hujumlarida ishtirok etishga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Biroq AQSh rasmiylari prezidentning pozitsiyasi keyinchalik o‘zgarishi mumkinligini bildirgan. Saudiya Arabistoni esa hutiylarga qarshi keng ko‘lamli amaliyotga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida Reuters ham xabar bergan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.

Putin Tramp e’lon qilgan energetik sulhni buzdi — Zelenskiy

Putin Tramp e’lon qilgan energetik sulhni buzdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Moskva kelishuvga rioya qilmasa, javob choralarini ko‘rishini bildirdi.