O'zbekiston

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

 

Namangan shahrida qalbaki banknotlarni tayyorlab, sotish bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘ldi.

 

Tadbir davomida Pop tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan va Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi, 1999-yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs qalbaki 20 ming, 50 ming, 100 ming va 200 ming so‘mlik banknotlarni tayyorlab, sotgani aniqlangan.

 

Ular jami 37,4 mln so‘mlik qalbaki pullarni 7,5 mln so‘mga shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, shaxsiy tintuv hamda ulardan birining boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomobil salonini ko‘zdan kechirish davomida yana 6,4 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlangan.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, Izboskan tumanida yashovchi fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilgan. U yerdan yana 7,7 mln so‘mlik qalbaki pullar, turli nominaldagi kupyuralar tasviri tushirilgan 145 dona oq qog‘oz, shuningdek, kompyuter, rangli printer va boshqa ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Shu tariqa, tezkor tadbirlar davomida jami 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlangan.

 

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilib, ularning ehtimoliy boshqa jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Tirbandlik va xavfsizlik masalasi: Zangiotada yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi

Yangi inshoot transport oqimini tartibga solish, tirbandliklarni kamaytirish va haydovchi hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

custom img

17 ta oliygohda boshqaruv o‘zgardi: Oliy ta’lim vazirligiga yangi vakolatlar berildi

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

custom img

Irkutskdagi kasallik gumoni: O‘zbekistonda epidemiologik nazorat kuchaytirildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan holat bo‘yicha vaziyat kuzatilmoqda.

custom img

Kredit olishdan oldin ogohlantirish: banklar uchun yangi talablar belgilandi

Markaziy bank qarori bilan kredit reklamalari va shartnomalarida qarzdorlik xavflarini ochiq ko‘rsatish talab etiladi.

custom img

Baxtsiz hodisa va og‘ir jarohat: Rossiyadagi vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Unga parvoz vaqtida ikki nafar o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassisi hamrohlik qilgan.

custom img

“Umra” evaziga 4800 dollar: noqonuniy xizmat ko‘rsatishga urinish fosh etildi

Ziyoratni tashkil etishga vakolati bo‘lmagan shaxs 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"