Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi
Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi maktab o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul harakat qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Tokio politsiyasi ma’lumotlariga tayanib, Nippon.com xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 5-iyul kuni soat 17:00 atrofida Tokioning Setagaya tumanida sodir bo‘lgan. Ovqat yetkazib beruvchi bo‘lib ishlagan O‘zbekiston fuqarosi buyurtmani yetkazish uchun xonadonlardan biriga borgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 10 yoshli qiz ota-onasi buyurtma qilgan ovqatni qabul qilish uchun eshikni ochgan. Qizcha uyda yolg‘iz bo‘lgan. Erkak qizchani quchoqlab, o‘pganlikda gumon qilinmoqda.
Hodisadan so‘ng u politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Politsiya gumondor o‘z aybini tan olganini ma’lum qilgan. Erkak o‘zini tiya olmaganini bildirgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.








