Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Bugun, 3-oktyabr kuni soat 11:36 da Toshkent shahri Yangihayot tumani Sergeli 4-dahasida yangi qurilayotgan masjid binosining gumbaz qismi tutayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Vaziyat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Ma’lum qilinishicha, masjid binosining gumbaz qismida penopoliuretan yonib, zararlangan. Yong‘in soat 12:04 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.








