Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi
Tadbir MIB va YHXB hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv shoʻbasi tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda «AVTOKON» tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ijro hujjatlari bo‘yicha qidiruvga berilgan avtotransport vositalarini aniqlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida bir qator qidiruvdagi avtotransport vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Mazkur tadbirlar ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash, qarzdorliklarni qonun doirasida undirish hamda qidiruvdagi mol-mulklarni aniqlashga qaratilgan.
Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruvdagi avtotransport vositalarini aniqlash va ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilmoqda.







