O'zbekiston

Qashqadaryoda fuqaro MIB orqali ishga tiklandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 2021 yildan beri ishlab kelayotgan ishxonasidan g‘ayriqonuniy bo‘shatilgan.

Qashqadaryoda fuqaro MIB orqali ishga tiklandi

Qamashi tumanida ham fuqaroning mehnat huquqi tiklanib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

 

Fuqaro A.D. Qamashi tumanidagi texnikumda 2021 yildan turli lavozimlarda mehnat qilib kelgan. Biroq 2026 yil 16 apreldagi buyruq bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Fuqaro mazkur qarorga norozilik bildirib, sudga murojaat qilgan.Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 2026 yil 20 avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirildi.

 

Sud texnikumning buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topib, uni bekor qilish hamda fuqaroni texnikumning “Taʼlim sifati nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi” lavozimiga tiklash haqida qaror qabul qildi.

 

Sud hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Qamashi tumani bo‘limi tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilib, fuqaroning mehnat huquqi tiklandi.

 

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Tadbir MIB va YHXB hamkorligida o‘tkazilmoqda.