Jahon

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

 

Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Kaspiy dengizidagi harbiy mashg‘ulotlarda 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lishi yuzasidan hibsga olindi.

 

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, harbiy tergov bo‘limi Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlar vaqtida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi bo‘yicha jinoyat ishi doirasida sobiq bosh qo‘mondonni xizmatga beparvolikda gumon qilib hibsga olgan. U vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan, keyinchalik sud qarori bilan qamoqqa olingan.

 

Qozog‘iston OAVlari hibsga olingan harbiy sobiq Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Kanat Niyazbekov ekanini xabar qilgan. U 3-oktabr kuni lavozimidan ozod etilgan edi.

 

Fojia 24-sentabr kuni Mang‘istov viloyatida “Xazar Qorg‘ani-2026” harbiy mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan. “Kaysar” kemasidan harbiy xizmatchilarni tushirish jarayonida 17 nafar harbiyni dengiz oqimi olib ketgan. Ulardan uch nafari qutqarilgan, 14 nafari halok bo‘lgan.

 

Mazkur hodisadan so‘ng Mudofaa vazirligi tizimining besh nafar mansabdori, jumladan, Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, ikki harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari rotasi va kater komandirlari ham hibsga olingan. Ular xizmatga beparvolik hamda og‘ir oqibatlarga olib kelgan kemachilik qoidalarini buzishda gumon qilinmoqda.

 

Shuningdek, Qozog‘iston Mudofaa vazirligida o‘tkazilgan kompleks tekshiruv davomida mashg‘ulotlarni tayyorlash va rejalashtirishda jiddiy kamchiliklar aniqlangani ma’lum qilingan. Tergov va tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.