Jahon

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

 

2026-yil 5-oktabrdan Tojikiston va Eron o‘rtasida umumiy fuqarolik pasporti egalari uchun vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi.

 

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi umumiy fuqarolik pasportiga ega bo‘lgan ikki mamlakat fuqarolari 90 kunlik muddat ichida 30 kungacha boshqa davlat hududiga vizasiz kirishi, tranzit o‘tishi yoki vaqtincha qolishi mumkin.

 

Yangi tartib xalqaro chegara o‘tish punktlariga, jumladan, quruqlikdagi chegara punktlari va xalqaro aeroportlarga nisbatan qo‘llaniladi. Shuningdek, uchinchi mamlakatlardan havo yo‘llari orqali kelib chegarani kesib o‘tishda ham ushbu tartibdan foydalanish mumkin.

 

Bunda fuqarolar ikki davlatning chegarani kesib o‘tish va mamlakat hududida bo‘lish bo‘yicha milliy qonunchiligi talablariga rioya qilishi lozim.

 

Tojikiston va Eron o‘rtasidagi vizasiz rejim dastlab 2024-yil 10-avgustda joriy etilgan. O‘sha paytda tartib faqat Dushanbe–Tehron va Tehron–Dushanbe yo‘nalishlaridagi havo qatnovlariga tatbiq etilgan.

 

Endilikda esa vizasiz rejim quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlarini ham qamrab oladi. Bu ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro safarlarini yanada yengillashtiradi.

Rossiyada vabo xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada vabo xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.